my5
Sevimli

O`zbekistonda harorat -2 darajagacha pasayadi — "O`zgidromet"

Jamiyat 20.10.2021, 09:21
O`zbekistonda harorat -2 darajagacha pasayadi — "O`zgidromet"

21-22 oktyabrda O`zbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlari ustida shakllangan nam va sovuq havo massalari kirib keladi. "O`zgidromet" bu haqda xabar berdi.

Qayd etilishicha, 21-22 oktyabrda respublika hududida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Tog` oldi va tog`li joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor), ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, ko`rinuvchanlik yomonlashadi.

Ma`lumotga ko`ra, havo harorati 10-13° ga, 21 oktyabrda kunduz kuni 8-13° iliqgacha, 22 oktyabrda kechasi 2° sovuqgacha pasayishi kutilmoqda.

Shuningdek, 21-22 oktyabrda respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

Шарҳлар