my5
Sevimli

Kim COVID-19ga qarshi eng kuchli immunitetga ega ekanligi maʼlum qilindi

Salomatlik 20.10.2021, 09:33
Kim COVID-19ga qarshi eng kuchli immunitetga ega ekanligi maʼlum qilindi

Kim COVID-19ga qarshi eng kuchli immunitetga ega? Vaksinauz telegram kanalida bu haqda batafsil ma`lumot berildi.

Qayd etilishicha, avval koronavirus bilan kasallanib, keyin unga qarshi emlangan odamlarda ushbu kasallikka qarshi eng kuchli immunitet shakllanadi.

Rossiyalik shifokor-infeksionist Evgeniy Timakovning aytishicha, bunday odamlar virusni neytrallashtiruvchi eng faol antitanachalar va qayta kasallanishdan himoya qilish uchun etarli darajadagi eng yaxshi ko`rsatkichlarga ega bo`ladilar.

Ma`lumotga ko`ra, vaksina kasallikdan keyingi immunitetni yanada kuchaytiradi va immun hujayralarimizni koronavirusni neytrallashtiruvchi haqiqiy "jangovar kuchga" aylantiradi.

Tabiiy va vaksinadan keyingi immunitetning bir vaqtdagi uyg`unlashuvi organizmga vaksinaning turli platformalaridek ta`sir ko`rsatadi va uni yanada samaraliroq himoya qiladi. 

Шарҳлар