AsosiyJamiyat

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Fotih Jalolov yangi lavozimga tayinlandi

'O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Fotih Jalolov yangi lavozimga tayinlandi'ning rasmi

19 oktyabr kuni O`zbekiston davlat satira teatrida O`zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o`rinbosari Bahodir Ahmedov raisligida yig`ilish bo`lib o`tdi.  

Yig`ilishda tashkiliy masala ko`rilib, O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan artist Fotih Xamitovich Jalolov O`zbekiston davlat satira teatri direktori etib  tayinlandi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, u mehnat faoliyatini 1986 yili Toshkent teatr va rassomlik san`ati instituti “Qo`g`irchoq aktyori mahorati” kafedrasida o`qituvchilikdan boshlagan Fotih Jalolov bugunga  qadar Madaniyat vazirligi tizim tashkilotlarida turli vazifalarda faoliyat yuritgan.  

    Boshqa yangiliklar