Bugun Ro`ziqul Berdiev boshchiligidagi “Nasaf” jamoasi Gongkonning “Li Man” ustidan g`alaba qozonadigan bo`lsa, yaxshigina mukofat puliga ega bo`ladi.
Ma`lum bo`lishicha, “Nasaf” Inter zonal final bahsida g`alaba qozonsa, 750 ming AQSh dollariga ega bo`ladi. Agar klub 5 noyabr kuni bo`lib o`tadigan final bahsida bosh sovrinni qo`lga kiritsa, qo`shimcha 1,500.000 AQSh dollar mukofat puliga ham sazovor bo`ladi.
Ma`lumot uchun, “Nasaf” avvalgi yarim final bahsida “Mohun Bagan” ustidan 5:0 hisobida g`alaba qozongan va 100 ming AQSh dollari sohibiga aylangan edi.