my5
Sevimli

“Kino 5 kunda” tanlovining filmlari namoyish etiladi

Madaniyat 20.10.2021, 14:57
“Kino 5 kunda” tanlovining filmlari namoyish etiladi

Bugun soat 14:00 da Yoshlar ijod saroyida tashkil etilgan Xalqaro media hollda Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Yoshlik” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan “Kino 5 kunda” tanlovi doirasidagi qisqa metrajli filmlar namoyishlari bo`lib o`tadi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Mazkur filmlar 28 sentyabr va 3 oktyabr kunlari bo`lib o`tgan “Ipak yo`li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali dasturida “Yangi O`zbekiston - yosh kinoijodkorlar nigohida” shiori ostida o`zbek va xorijiy rejissyorlar tomonidan suratga olingan.  

Jumladan, dasturdan “Ipak yo`lida...”, “Yulduzlar kutadi”, “Vatan”, “Bosh qahramon”, “Qaytariladigan xotiralar” va boshqa filmlar o`rin olgan.

 

Шарҳлар