AsosiyJamiyat

Xodimlarning buzilgan huquqlarini tiklashda kim faollik ko`rsatmoqda?

'Xodimlarning buzilgan huquqlarini tiklashda kim faollik ko`rsatmoqda?'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda «Xodimlar roziligisiz oylikdan ushlab qolishlar davom etyapti. Ularni kim himoya qilishi kerak?» sarlavhasi ostida maqola e`lon qilingan. 

Unda xodimlarning buzilgan huquqlarini tiklashda, shu sohaga mas`ul Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi yoki Kasaba uyushmalari federasiyasi emas, balki adliya organlari faollik ko`rsatayotgani qonunlardagi mexanizmlar etarli darajada ishlamayotganiga ishora qilingan.

Davlat mehnat inspeksiyasi mehnat, mehnatni muhofaza qilish  va aholi bandligi to`g`risidagi qonun hujjatlariga rioya etish bo`yicha davlat nazoratini olib boradi.

Xususan, 2021 yilning 9 oyi davomida vazirlikning Davlat mehnat inspeksiyasiga 19 019 ta murojaat kelib tushgan.  Shundan, 10 808 tasi qanoatlantirilgan, 7 680 tasiga tushuntirish berilgan.

    Boshqa yangiliklar