Inson huquqlarini borasida propiska tizimi, fuqarolikni rasmiylashtirish, diniy erkinlik va gender tenglikni ta`minlaydigan qonunlar fuqarolarning erkin hayot kechirishi uchun yangi normalarni belgiladi. Masalan, birgina fuqarolikni berish tartibidagi o`zgarish natijasida 50 ming nafar shaxsga avtomatik va 21 mingdan ortiq shaxsga engillashtirilgan tartibda fuqarolik berilgan.
Bozor munosabatlarini shakllantirish uchun erga xususiy mulkning joriy etilish, Biznesga soliq yuki va soliq ma`murchiligining engillashtirilganligi, tadbirkorlikni lisenziyalash va ruxsat berishga oid ma`muriy tartiblarni osonlashtirlishi, davlat xizmatlarini tizimlashtirish va raqamlashtirishga o`tilishi iqtisodiy rivojlanish uchun katta xizmat qilmoqda. Birgina 2021 yilning o`zida 16 ta lisensiyalanadigan faoliyat turlari va 10 ta ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlar bekor qilindi, 45 ta lisenziyalanadigan faoliyat turlari va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar birlashtirish yo`li bilan bekor qilidi, 33 ta lisenziya va ruxsat berishlar xabardor qilish bilan almashtirildi.
Davlat boshqaruvini tartibga soluvchi hujjatlar ixchamlashtirilmoqda. Masalan, ta`lim sohasidaga har bir vazirlik idora faoliyatini tartibga soluvchi o`rta hisobda kamida 20 tadan hujjat mavjud va esa fuqarolarni har bir vazirlik nima bilan shug`ullaniini tushunishini qiyinlashtiridi. Xuddi shunday 75 ta davlat hokimiyati va boshqaruv organlar faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlar 2023 yilgacha ixchamlashtiriladi.
Bundan tashqari, qonunchilikning 57 ta sohasinitartibga soladigan 20 mingdan ortiq hujjatlarni ixchamlashtirish, qarama-qarshiliklar va takrorlanishlarni bartaraf qilish, to`g`ridan-to`g`ri qonunlarga o`tkazish maqsadida xatlovdan o`tkazilmoqda.
Shubhasiz, qonun ijodkorlik sohasidagi so`ngi yillardagi eng muhim o`zgarishlardan biri bu aholining jarayonga munosabati va ishtiroki oshganligidir. Qabul qilinayotgan har bir qonun hujjati xalq muhokamasiga qo`yilishi, mavjud “yomon” qonunlarga bildirilayotgan munosabatlar qonun ijodkorligiga ozgina bo`lsada o`z ta`sirini o`tkazmoqda. Petesiya institutining joriy qilingganligi, qonun loyihalari bo`yicha aholi tomonidan bildirilayotgan fikrlar tayyorlanayotgan loyihalarda o`z aksini topmoqda.