AsosiyDunyo

Gollivud aktyori operator ayolni otib qo`ydi

'Gollivud aktyori operator ayolni otib qo`ydi'ning rasmi

Gollivud aktyori Alek Bolduin suratga olish maydonida operator ayolni otib tashladi.Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi, deb yozmoqda zamon internet nashri. 

Hodisa Nyu-Meksika shtatida yuz bergan. Bu erda “Rust” filmi suratga olish jarayonlari ketayotgan edi. Epizodlardan birida to`pponcha qo`llash kerak bo`lgan. To`pponcha bo`sh patronlar bilan to`ldirilgan. Ammo yakunda ularning barchasi haqiqiy bo`lib chiqdi. Film rejissyori og`ir yaralangan. 42 yoshli operator Galina Xatchins esa shifoxonada vafot etdi. Ayol havo transporti orqali Albukerka shahriga olib borilgan, ammo vrachlar uning hayotini saqlab qola olmadi.

Mahalliy polisiya hozircha Bolduinga hech qanday ayb qo`yilmaganini ma`lum qilgan. To`pponcha qanday qilib haqiqiy o`qlar bilan to`ldirilgani va aktyor qay tarzda otgani to`g`risida ma`lumot berilmagan.

Bolduin AQShning mashhur aktyorlaridan. U faoliyati davomida 100 ga yaqin rollarni ijro etgan. Shuningdek, “Oltin Globus” va “Emmi” mukofotlariga sazovor bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar