AsosiyJamiyat

Surxondaryolik maktab o`quvchisini nega "it"dek do`pposlashdi?

'Surxondaryolik maktab o`quvchisini nega "it"dek do`pposlashdi?'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Vaxshiylik surxondaryolik yigitni itdek urishdi” sarlavhasi ostida video tarqaldi.

Mazkur videodagi holatni o`rgangan viloyat Qiziriq tuman Ichki ishlar bo`limi 28 avgust kuni soat 16.00 larda, Muzrabot tumani “Chegarachi” mahallasida yashovchi, U.N. Qiziriq tumanining “Kunchiqish” mahallasi hududida, shu mahallada yashovchi, tumandagi maktab o`quvchisi, O.S. bilan o`zaro janjallashib qolib, uni qo`li bilan  urib, engil tan jarohati etkazganligini aniqlagan. 

Holat yuzasidan U.N.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Mazkur ish Qiziriq tuman prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

 

    Boshqa yangiliklar