AsosiyDunyo

Tramp asos solgan yangi ijtimoiy tarmoq hakerlar hujumiga uchradi

'Tramp asos solgan yangi ijtimoiy tarmoq hakerlar hujumiga uchradi'ning rasmi

Hakerlar "Truth Social" ijtimoiy tarmog`ini buzishdi, uning tashkil etilishi bir kun oldin AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp tomonidan e`lon qilingan edi. Bu haqda The New York Times xabar berdi.

Truth Social hali foydalanishga topshirilmagan edi. Xakerlarning so`zlariga ko`ra, ijtimoiy tarmoq ishga tushgani e`lon qilinganidan bir necha soat o`tgach, ular uning beta -versiyasiga kira olishgan, mashhur shaxslarning bir nechta soxta akkauntlarini yaratib, ular nomidan postlar joylashgan.

Natijada, tarmoq asoschilari platformani butunlay yopishga majbur bo`lgan.

The New York Times ta`kidlaganidek, xakerlik "Truth Social" himoyasidagi kamchiliklarni ko`rsatdi va unda har qanday hisobni yasash mumkinligini ko`rsatdi.

Donald Trump tarafdorlari 2021 yil yanvar oyida Kapitoliyga kirgandan so`ng, eng yirik ijtimoiy tarmoqlar - Facebook, Instagram va YouTube sobiq prezidentning akkauntlarini vaqtincha bloklab qo`ydi. Twitter uni abadiy taqiqlab qo`ydi.

21 oktyabrda Tramp Trump Media & Technology Group (TMTG) tashkil etilgani va o`zining "Truth Social" ijtimoiy tarmog`i ishga tushirilganini e`lon qildi. Uning so`zlariga ko`ra, birinchisining vazifasi - "Amerikada muxolifat ovozlarini bo`g`ib tashlaydigan" yirik texnologik kompaniyalar bilan to`qnash kelish, ikkinchisi - "hammaga erkin ovoz berish".

Risolat MAXSIMOVA

    Boshqa yangiliklar