AsosiyDunyo

Rossiyada koronavirusga chalinish bo`yicha kunlik rekord yangilandi

'Rossiyada koronavirusga chalinish bo`yicha kunlik rekord yangilandi'ning rasmi

Rossiya Federasiyasi koronavirus yuqtirish va o`lim holatlari bo`yicha yana rekord ko`rsatkich qayd etdi. Bu haqda Ria Novosti xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, oxirgi sutka davomida mamlakatda 37 mingdan ortiq fuqarolar virusni yuqtirib olgan. Bu esa kunlik rekord ko`rsatkich hisoblanadi. 

O`lim holatlari ham keskin ko`paygan – so`nggi bir kunda 1075 bemor o`limi qayd etilgan, bir kun oldin o`lim holatlaridan 0,46 foizga ko`p.

Ma`lumot uchun, Rossiyada koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 8 205 983 kishiga etgan, jumladan, 229 528 nafar fuqaro vafot etgan. 7 1443 137 kishi esa kasallikdan forig` bo`lgan. 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar