my5
Sevimli

Qashqadaryoda mehmonga kelgan shaxs uy egasining mashinasini o`g`irlab ketdi

Jinoyat 23.10.2021, 21:56
Теглар: Jinoyat ishlari, IIV, Qashqadaryo
Qashqadaryoda mehmonga kelgan shaxs uy egasining mashinasini o`g`irlab ketdi

Qashqadaryo viloyat IIB xabariga ko`ra, 2021 yilning 17 oktyabrdan 18 oktyabr kuniga o`tar kechasi Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani “Buston” MFYda yashovchi X.K. 102 xizmatiga murojaat qilgan. 

Ma`lum qilinishicha, “O`zbekiston” MFYda yashovchi J.D. yashash uyiga mehmonga kelib, yotib qolib, tunda hamma uxlab yotganidan foydalanib, “Neksiya” rusumli 70 A 124 QA davlat raqam belgili avtomashinasini va bir dona bahosi 500 ming so`mlik telefon apparatini yashirin ravishda olib qochib ketganligini bildirgan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida “Neksiya” rusumli 70 A 124 QA davlat raqam belgili avtomashina shu kuni soat 11:30 larda tumanning Ayridevol MFYdan texnik soz holda topilgan.

Holat yuzasidan Dehqonobod tumani IIB TB tomonidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Шарҳлар

Qashqadaryoda YHXB xodimlari fuqaroni qo`pol ravishda haqorat qildi. Bunga rasmiy izoh berildi (video)

18.03.2020, 17:32

IIV Qashqadaryo viloyat boshqarmasi matuot xizmati 2020 yil 17 mart kuni internet tarmog`ida tarqalgan videoga munosabat bildirdi.  YPX xodimlari Qashqadaryo viloyati Xitoy qishlog`ida fuqaroni haqorat...
Nohaq ayblangan navbatdagi fuqaroning ham yuzi yorug` bo`ldi

05.02.2020, 12:59

YoXUD YaNA BIR HOLAT BO`YIChA NOTO`G`RI ChIQARILGAN SUD QARORI BEKOR QILINDIJinoyat ishlari bo`yicha Zarafshon shahar sudining 2018 yil 7 iyundagi hukmiga ko`ra, 49 yoshli chilangar...