my5
Sevimli

“Lokomotiv” bosh murabbiyi Sekeyra: “Bu tizim bilan O`zbekiston MTJ hech qachon jahon chempionatiga bormaydi”

Sport 23.10.2021, 22:16
Теглар: Futbol, Lokomotiv, Mikael Sekeyra
“Lokomotiv” bosh murabbiyi Sekeyra: “Bu tizim bilan O`zbekiston MTJ hech qachon jahon chempionatiga bormaydi”

Superliganing 23-turidan o`rin olgan "Qo`qon-1912" - "Lokomotiv" (2:1) uchrashuvidan so`ng mehmonlar bosh murabbiyi Mikael Sekeyra fikrlarini bildirib o`tdi.

Portugaliyalik mutaxassis o`yindan keyin o`zbek futbolidagi tizimni keskin tanqid qildi. 

“Men o`zimning fikrimni aytaman. O`zbekistonda futbolning rivojlanishi uchun bitta yo`l bor. Akademiyalar ochilmoqda. Bu narsa hal qilib bermaydi. O`zbekiston UEFAga a`zo bo`lganidan so`ng ko`tariladi. Osiyoda qolar ekan, bunday tizim bilan hech qachon mundialga chiqa olmaydi. Bu tizim o`zbek futboliga yakun yasab beradi. UEFAda hakamlar boshqacha bo`ladi, futbolchilarning bir-biriga bo`lgan hurmati o`zgaradi. Maydonda bir-birini urib sindirmaydi. Munosabat boshqa tomonga buriladi. Bir kun ketadigan bo`lsam, juda hafa bo`lib ketaman. Chempionat yakunlangach uyimga yo`l olaman. Hafa bo`ladigan tomonim, bu erda yaxshi futbolchilar bor. Biroq mazkur tizim,chempionat, hakamlar, akademiyalar ko`paymasa, UEFAda bo`lmasa, hech qachon Jahon chempionatiga bormaydi. Men omad tilayman. Yurtingizda yaxshi insonlarni ko`rdim. Ammo, shu ketish bo`lsa, cho`kishda davom etadi. Men bor haqiqatni aytaman, tamom”

 

Шарҳлар

Mikael Sekeyra "Lokomotiv" bilan xayrlashdi

25.11.2021, 00:09

Ushbu mavsum "temiryo`lchilar"ni boshqargan Mikael Sekeyra "Lokomotiv" PFK bilan o`zaro kelishgan holda jamoani tark etdi.  Portugaliyalik mutaxassis bugun tunda o`z yurtiga uchib ketadi. Ushbu mavsum...
“Qayrat” jamoasi a`zolari joy olgan samolyot halokatga uchradi

22.10.2021, 14:47

Bortida Olmaotaning “Qayrat” klubi futbolchilari va murabbiylar shtabi bo`lgan samolyot halokatga uchradi. Bu haqda Vesti.kz xabar bermoqda.Qayd etilishicha, baxtsiz hodisa Olmaota xalqaro aeroportida ro`y bergan. FlyJet...
“PSJ” Mbapppe uchun qancha maosh berishi ochiqlandi

15.10.2021, 11:47

Fransiyaning “PSJ” klubi hujumchi Kilian Mbappe bilan yangi shartnoma imzolashdan umidvor.  AS xabar tarqatishicha, parijliklar Mbappega yiliga 50 million evro maosh berishga tayyor. O`z navbatida...
“Nyukasl” afsonasi tez orada klub tizimida ish boshlashi mumkin

13.10.2021, 19:09

“Nyukasl”ning sobiq hujumchisi Alan Shirer klubning xalqaro elchisi lavozimini egallashi kutilmoqda. Bu haqda taniqli insayder Nikola Skira ma`lumot berdi.  Saudiya Arabistoni investision jamg`armasi allaqachon 51...