my5
Sevimli

APL. "Chelsi" o`z maydonida yirik hisobda g`alaba qozondi, "Manchester Siti" esa safarda uch ochkoga ega bo`ldi

Sport 23.10.2021, 23:39
Теглар: Chelsi, APL, Manchester Siti
APL. "Chelsi" o`z maydonida yirik hisobda g`alaba qozondi, "Manchester Siti" esa safarda uch ochkoga ega bo`ldi

Angliya Premer-ligasining 9-turida “Chelsi” o`z maydonida “Norvich”ni qabul qildi. 

Londonda kechgan bahsda mezbonlar 7:0 hisobida g`alaba qozondi va ochkolari sonini 22taga etkazib olgan holda peshqadamlikni davom ettirmoqda. Darvoqe, “Norvich”ga qarshi bahsda “Chelsi” safida Meyson Maunt xet-trik qayd etdi.

Amaldagi chempion “Manchester Sit” esa mehmonda “Brayton”ga qarshi maydonga tushib, 4:1 hisobida g`alaba qozondi. Bu g`alabadan keyin “shaharliklar” turnir jadvalida 2-o`ringa ko`tarilib oldi.

APL, 9-tur

“Chelsi”-“Norvich”-7:0
Gollar: 1:0 – 8 Maunt, 2:0 – 18 Hadson-Odoi, 3:0 – 42 Jeyms, 4:0 – 57 Chiluell, 5:0 – 62, Aarons avtogol, 6:0 – 85, penalti Maunt, 7:0 – 90+2 Maunt.

“Brayton” – “Manchester Siti” – 1:4
Gollar: Makallister (80, penalti) — Gundo`g`an (13), Foden (28, 31), Mahrez (90+5).

 

Шарҳлар

APL. “Vest Xem” London derbisida “Chelsi”ni mag`lub etdi

04.12.2021, 20:14

Angliya Premer-Ligasi 15-turidan o`rin olgan “Vest Xem” va “Chelsi” uchrashuvi yakunlandi. Gollarga boy tarzda kechgan bahsda “Vest Xem” 3:2 hisobida g`alaba qozonib, peshqadam “Chelsi”ni mag`lubiyatga uchratdi.Shu tariqa,...
APL. Manchester derbisida Gvardiola shogirdlari g`alaba qozondi

06.11.2021, 20:08

Angliya Premer-ligasining 11-turining markaziy uchrashuvi yakunlanlandi.“Manchester Yunayted” o`z maydonida hamshahari “Manchester Siti”ga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvning dastlabki bo`limida mehmonlar ikki marotaba raqib darvozasini ishg`ol qildi,...
Antonio Konte rasman "Tottenhem" bosh murabbiyiga aylandi

02.11.2021, 17:32

Italiyalik Antonio Konte rasman “Tottenhem” bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda ingliz klubi rasmiy manbasi xabar berdi.Qayd etilishicha, italiyalik mutaxassis “Tottenhem” bilan 2023 yilning yozigacha...
APL. “Manchester Yunayted” va “Chelsi”dan g`alaba, “Manchester Siti” esa o`z maydonida yutqazib qo`ydi

31.10.2021, 00:35

Angliya Premer-ligasining 10-tur doirasida bir nechta uchrashuvlar o`tkazildi. “Manchester Yunayted” klubi mehmonda “Tottenxem”ga qarshi maydonga tushdi. Bahs 3:0 hisobida Ole-Gunnar Sulsher shogidlarining g`alabasi bilan yakunlandi. Krishtianu...