AQSh fuqarolarining prezident Jo Baydenni davlat rahbari sifatidagi birinchi to`qqiz oylik faoliyatiga bergan bahosiga ko`ra, Bayden mashxurlar reytingidan anchagina pasaygan . Bu haqda Gallup jamoatchilik fikri instituti tadqiqotiga tayanib RBK xabar bermoqda.
Hisob -kitoblarga ko`ra, Baydenning reytingi 11,3 foizga pasaygan. Prezidentlik muddatining boshida amerikaliklarning 56 foizi unga ishongan bo`lsa , hozir esa ularning 44,7 foizi Baydenga ishonch bildiradi.
Ma`lumotga ko`ra, Baydendan avvalgi prezident — Donald Tramp uchun kamayish ko`rsatkichi o`sha davrda 4,4 ni tashkil etgan edi.
Tadqiqot shuni ko`rsatadiki, AQSh prezidentlarining hammasi ham to`qqiz oy ichida reytingini pasaytirmagan. Masalan, Jon Kennedi 2,5 foizga o`sgan.
Qayd etilishicha, Reyting o`sishi bo`yicha etakchi — Jorj Bush bo`lib, uning ko`rsatkichi 13,1 foizga oshgan.