my5
Sevimli

Saylovlarning o`tkazilishi xalqaro standartlarga javob beradi — Farit Muxametshin

Siyosat 24.10.2021, 21:38
Теглар: saylov-2021
Saylovlarning o`tkazilishi xalqaro standartlarga javob beradi — Farit Muxametshin

O`zbekistonda prezident saylovlari xalqaro standartlarga mos o`tkazilmoqda, deya ta`kidladi Rossiya Federal Kengashi qo`mitasi raisining o`rinbosari. Uning fikriga ko`ra, nomzodlar ilgari surgan dasturlar umuman olganda «o`zbek xalqining kutilmalariga javob beradi».

 O`zbekiston prezidenti saylovlarining nazorat qilinishi va o`tkazilish tartibi umuman olganda demokratik saylovlar sohasidagi xalqaro standartlar, MDH konvensiyasi va MDH Parlamentlararo assambleyasining tavsiyalariga javob beradi. Bu haqda Toshkentdagi brifingda Rossiya Federasiyasi Federal Majlisining Federasiya Kengashi xalqaro ishlar bo`yicha qo`mitasi raisining o`rinbosari Farit Muxametshin MDH PA missiyasi nomidan qilgan chiqishida. 

O`zbekistonning milliy qonunchiligi prezident saylovini ovoz berishga teng umumiy huquq asosida, mustaqil saylov organlari tizimiga tayangan holda tashkil etish va o`tkazishni qo`llab-quvvatlaydigan asosiy normativ asoslarni o`z ichiga oladi, deya ta`kidladi u.

«Taassurotlarimning eng asosiysi — bu yaxshi kayfiyat. Tushlik paytiga kelib saylov uchastkalarida 50%gacha saylovchilar ovoz berishdi. Ko`plab saylovchilar mamlakatda oddiy xalq intilishlariga javob beradigan tub o`zgarishlar, islohotlar amalga oshirilayotganini ta`kidlamoqda. Prezidentlikka nomzodlar umuman olganda o`zbek xalqining kutilmalariga mos dasturlarni ilgari surishdi — bu ijtimoiy masalalar, iqtisodiy rivojlanish bilan bog`liq ko`plab muammolardir», — dedi Farit Muxametshin.

O`zbekistondagi prezident saylovlarini MDH PA tomonidan 50 dan ortiq kishi kuzatmoqda. Ularning yarmi O`zbekistonda bo`lsa, qolganlar boshqa mamlakatlarda ochilgan saylov uchastkalarida jarayonni kuzatishmoqda.

«Bizning missiyamiz bugun butun mamlakat bo`ylab o`tmoqda — Samarqandda, Buxoroda va boshqa hududlarda — va biz kechki payt bildirilgan yoki guvohi bo`lgan barcha izohlarimiz va tilaklarimizni bildiramiz», — deya qo`shimcha qildi Farit Muxametshin.

Uning so`zlariga ko`ra, MDH PAning birlamchi uzoq muddatli missiyasi O`zbekistonga ekspert-mutaxassislar sifatida saylovdan ancha oldin etib kelgan. Ular saylovni o`tkazish bo`yicha qonunchilikning xalqaro standartlarga mosligini o`rganish uchun Markaziy saylov komissiyasi, respublika va mahalliy hokimiyat organlari bilan uchrashuvlar o`tkazishgan.

Шарҳлар

Saylov-2021: Prezident saylovida xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilar akkreditasiya qilinmoqda

30.08.2021, 15:30

2021 yil 30 avgust kuni Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tdi. Majlisni Komissiya Raisi Z.Nizamxodjaev olib bordi.Tadbirda Siyosiy partiyalar tomonidan taqdim etilgan imzo varaqalarining...
Sherzodxon Qudratxo`ja O`zbekistonda saylovlar paytida koronavirus infeksiyasi pasayishi mumkinligini aytdi

08.08.2021, 16:02

Kuni kecha Markaziy saylov komissiyasining jurnalistlar bilan galstuksiz suhbati bo`lib o`tdi. Bu haqda "Darakchi.uz" jurnalisti xabar berdi. OAV vakillari, mustaqil jurnalistlar hamda blogerlar ishtirokida tashkil etilgan...
Prezident saylovi qay tartibda o'tkazilishi ma'lum qilindi

23.07.2021, 15:38

2021 yil 23 iyul kuni O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo`lib o`tdi. Unda yirik siyosiy jarayon O`zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga start berildi. Bu...