my5
Sevimli

“Qo`l terisi ko`chishining sababi nima?”

Salomatlik 26.04.2016, 10:14
Теглар: Salomatlik
“Qo`l terisi ko`chishining sababi nima?”

–  Qo`l barmoqlarim terisi vaqti – vaqti o`zgarib turadi. O`z – o`zidan qichishish paydo bo`lib, bir necha soat ichida qurib, ko`cha boshlaydi. Oziqlantiruvchi kremlarning deyarli barchasidan foydalanib ko`rganman. Bir necha kundan so`ng muammo yana qaytalanadi. Bu nimadan bo`lishi mumkin? Balki biror tahlil topshirishim zarurdir?

Oydin Komilova, Qashqadaryo viloyati

Avvalo qo`l terisidagi bezovtalik kunning qaysi qismida boshlanayotganini kuzatish kerak. Bu shifokor ko`rigida asqotishi mumkin. Qo`l terisidagi qichishish va teri ko`chishi bilan nomoyon bo`layotgan muammoning sababi turlicha bo`lishi mumkin. Xususan, A va E vitaminlar taqchilligi, allergiya, stress, uzoq muddat qabul qilingan dori preparatlariga sezuvchanlik, kimyoviy moddalarga ta`sirchanlik, dermatit, terining zamburug`li kasalliklari, infeksion xastaliklar kabi. Ana shu holatlardan kelib chiqib, bezovtalik xarakterini tushunish mumkin. Mutaxassis ayrim tahlil namunalarini o`tkazib, shunga ko`ra muolaja usulini tavsiya etadi.

Шарҳлар

Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

26.12.2017, 13:12

— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

26.12.2017, 13:08

— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...
FARZANDINGIZNI MAKTAB KASALLIKLARIDA ASRANG!

26.12.2017, 11:36

Uzoqni ko`ra olmaslik;skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);gastrit;ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har...