sevimli
Sevimli

O`zbekistonda ota-onalarga yordam beradigan mobil ilova ishga tushirildi

Hi-tech 22.11.2021, 11:39
O`zbekistonda ota-onalarga yordam beradigan mobil ilova ishga tushirildi

UNICEFning yangi mobil ilovasi ota-onalarga farzandlari salomatligi va farovonligining barcha jihatlari bo`yicha ekspert maslahatlarini taqdim etadi. Bu haqda "Darakchi" gazetasi muxbiri Maftuna Jo`raeva xabar berdi.  

UNICEF O`zbekiston Sog`liqni saqlash vazirligi va Maktabgacha ta`lim vazirligi bilan hamkorlikda 0 yoshdan 6 yoshgacha bo`lgan bolalarning ota-onalari va boshqa g`amxo`rlik qiluvchilarni qo`llab-quvvatlash maqsadida ota-onalar uchun Bebbo nomli o`zining birinchi mobil ilovasining taqdimotini o`tkazdi.

Ota-onalarni qo`llab-quvvatlashga mo`ljallangan ushbu bepul ilova ota-onalarni bolaning sog`lig`i va rivojlanishi bo`yicha ovqatlanish va ko`krak suti bilan boqishdan boshlab erta yoshdan ta`lim va o`yinning ahamiyati, sezgir ota-onalik, himoya va xavfsizlik kabi keng ko`lamli masalalar bo`yicha mutaxassislar maslahati bilan ta`minlaydi. Shuningdek, ilova ota-onalar va g`amxo`rlik qiluvchilar uchun o`z farovonligini ta`minlash bo`yicha ham aniq ko`rsatmalarni o`z ichiga oladi.

Farzandlari hayotining dastlabki yillarida ko`mak berish maqsadida Bebbo shuningdek, ota-onalarga olingan va rejalashtirilgan emlashlar, o`tkazilgan tibbiy ko`riklar va bolalar salomatligini tekshirish va rivojlanishning boshqa muhim bosqichlarini  qayd etish imkonini beruvchi funksiyalarni o`z ichiga oladi.

“Hayotning birinchi yillari bolalarning rivojlanishi uchun katta ahamiyat kasb etib, ularning  bo`lajak hayotiga ham ta`sir ko`rsatadi. Ushbu yangi ilova yordamida barcha ota-onalarga farzandlarini voyaga etkazishdek  mashaqqatli safarida ko`mak berish uchun qo`shimcha vosita bermoqchimiz”, dedi UNICEFning Evropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo`yicha mintaqaviy direktori Afshan Xan. "Men barcha ota-onalarni bepul, ishlatish uchun qulay Bebbo ilovasini yuklab olishga va farzandlari hayotining ijobiy boshlanishini ta`minlashga chorlayman."

UNICEFning va milliy hamkorlar va bolalarning erta yoshlaridagi rivojlanishi bo`yicha mutaxassislar birgalikda ushbu mobil ilovani mahalliy shart-sharoit va talablarga moslashtirdilar.  

“Har bir o`sayotgan bolaga g`amxo`rlik, sog`lik va salomatlik, maqbul ovqatlanish va erta ta`lim olish uchun  zarur shart-sharoitlarni ta`minlaydigan rag`batlantiruvchi va xavfsiz muhit yaratish katta axamiyatga ega. Foydalanuvchilar uchun qulay “cho`ntak yo`riqnomasi” bo`lgan Bebbo mobil ilovasi yosh bolalarni tarbiyalashda kattalarni qo`llab-quvvatlashga mo`ljallangan”, dedi O`zbekiston Respublikasi maktabgacha ta`lim vaziri Agrippina Shin.

Шарҳлар