AsosiyMadaniyat

Belarusda O`zbek kinosi kunlari boshlandi

'Belarusda O`zbek kinosi kunlari boshlandi'ning rasmi

O`zbek kinoijodkorlari delegasiyasi «Listapad» XXVII xalqaro Minsk kinofestivalida ishtirok etmoqda.

O`zbekiston kinematografiya agentligi ma`lumotiga ko`ra, kecha kinofestival doirasida Belarusda O`zbek kinosi kunlari boshlandi. Dasturga ko`ra, O`zbekiston kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan «Ezgu film» kinostudiyasi tomonidan suratga olingan kinorejissyor Jahongir Ahmedovning «Ilhaq» badiiy filmi namoyish etildi. E`tiborlisi, film sahnalari, jumladan, Gomel shahrida ham tasvirga tushirilgan.

«Ilhaq» badiiy filmi Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g`alabaning 75 yilligiga bag`ishlanib, unda 5 farzandini frontga jo`natgan ayol - Zulfiya aya taqdiri va kechinmalari aks ettirilgan.

«Ilhaq» filmi 26 noyabrga qadar Minskning «Oktyabr», «Kosmos», «Vostok» va «Krasnaya zvezda» kabi kinoteatrlarida namoyish etiladi.

Kinofestival doirasida rejissyor Muhammadali Iskandarov suratga olgan «Men terrorchi emasman» filmi ham namoyish etilishi rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar