sevimli
Sevimli

Surxondaryoda jinoyatga qo`l urgan oila fosh etildi

Jamiyat 26.11.2021, 22:04
Теглар: Surxondaryo IIB
Surxondaryoda jinoyatga qo`l urgan oila fosh etildi

Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida 2021 yil 1 noyabr kuni, tumanning "Navro`z" mahallasida yashovchi, R.Zilola (ism shariflar o`zgartirilgan) tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. 

Ma`lum bo`lishicha, 17 oktyabr kuni, uyidan 3.000.000 (uch million) so`mlik 1 dona "Royson" rusumli muzlatgichini noma`lum shaxslar o`g`irlab ketganligini bildirgan. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko`rilgan choralar natijasida, ushbu o`g`irlik jinoyatini, Termiz tumanida istiqomat qiluvchi J.Shavkat va turmush o`rtog`i, V.Sanobarlar sodir etishganliklari aniqlanib, ushlangan va ulardan ashyoviy dalil olingan. 5 noyabr kuni J.Shavkat va V.Sanobarlarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi "v" bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Шарҳлар

DXX Surxondaryo viloyatida 115 kg.dan ortiq giyohvand moddalarning noqonuniy muomalasiga chek qo`ydi

20.11.2021, 19:38

Giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo`yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Termiz shahrida o`tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida katta miqdordagi narkotiklar...
"Qasdi borligi uchun nachalnik milisiya o`g`limni qamoqqa oldi". IIB murojaat yuzasidan munosabat bildirdi

23.08.2021, 09:33

Ijtimoiy tarmoqlarda "o`g`limdan qasti borligi uchun nachalnik milisiya o`g`limni qamoqqa oldi, adolatdanmi shu ishingiz" sarlavhasi ostidagi videomurojaat tarqaldi.Surxondaryo viloyati IIB mazkur voqeaga munosabat bildirdi. Denov...
Surxondaryoda terrorchilikda ayblanayotgan 20 nafar shaxs qidiruvga berildi

13.08.2021, 14:40

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi xalqaro ekstremistik guruhlar faoliyatiga qo`shilib, insonlar xavfsizligiga raxna solayotgan shaxslarga nisbatan qidiruv e`lon qildi....
Surxondaryoda maktab direktori farzandlariga qo`shnisini do`pposlatdimi? Viloyat IIB izoh berdi

11.08.2021, 18:24

Ijtimoiy tarmoqlarda “Zo`ravon maktab direktori farzandlariga qo`shnisini do`pposlatdi” sarlavhasi ostidagi videomurojaat tarqaldi. Jarqo`rg`on tumani Ichki ishlar bo`limi mas`ul xodimlari tomonidan o`rganish ishlari olib borilganida quyidagilar...