AsosiyJamiyat

Qoraqalpog`istonda yig`ilishdan chiqib, tunda uyiga qaytayotgan 3 nafar mayor YTH uchrab, vafot etdi

'Qoraqalpog`istonda yig`ilishdan chiqib, tunda uyiga qaytayotgan 3 nafar mayor YTH uchrab, vafot etdi'ning rasmi

Qoraqalpog`istonda IIV Jazoni ijro etish departamentining uch nafar xodimi YTH sabab halok bo`ldi. Bu haqda JIED Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, 25 noyabrdan 26 noyabrga o`tar kechasi, soat 00:10 larda IIV JIED mintaqaviy hudud 27-sonli manzil koloniyasi boshlig`ining ishlab chiqarish bo`yicha o`rinbosari I.I. va 27-sonli manzil koloniyasi ishlab chiqarish korxonasi bosh muhandisi X.X. hamda hamda farmoyish asosida 46-son manzil koloniyasiga biriktirilgan mayor X.M.lar 2-son tergov hibsxonasiga videoselektor yig`ilishiga borishgan.

Yig`ilishdan so`ng, uyiga qaytishayotganida mayor I.I. boshqaruvidagi Cobalt Nukus-Qo`ng`irot yo`nalishidagi yo`lda YTHga uchragan. 

Natijada, mashina ichida bo`lgan mayor X.X. va M.X. voqea joyida, I.I. esa shifoxonada vafot etgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar