AsosiyJamiyat

O`zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni yana 200 nafardan oshdi. SSV muhim ogohlantirish berdi

'O`zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni yana 200 nafardan oshdi. SSV muhim ogohlantirish berdi'ning rasmi

2021 yil 26 noyabr holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 192599 (+218) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati ma`lum qildi.

Qayd etilishicha, yangi kasallanish holatlarining:

  • 16 nafari Andijon viloyatida,
  • 10 nafari Buxoro viloyatida,
  • 8 nafari Jizzax viloyatida,
  • 5 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 2 nafari Navoiy viloyatida,
  • 7 nafari Namangan viloyatida,
  • 19 nafari Samarqand viloyatida,
  • 2 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 2 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 11 nafari Farg`ona viloyatida,
  • 18 nafari Xorazm viloyatida,
  • 53 nafari Toshkent viloyatida,
  • 65 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1395 nafarni tashkil qilgan.

Shu jumladan, SSV ayni kunlarda butun dunyoda koronavirus infeksiyasi qayta bosh ko`targanini aytib, fuqarolarni ogoh bo`lishga chaqirdi. 

"Hozirda Evropa mamlakatlaridagi vaziyat anchagina tahlikali. Yurtimizda esa so`nggi vaqtlarda epidemik vaziyat ijobiy tomonga o`zgarayotgan bo`lsada, bu holat hotirjamlikka berilish uchun sira asos bo`la olmaydi. Aksincha, dunyodagi murakkab pandemik holatdan to`g`ri xulosa chiqargan holda har birimiz karantin qoidalariga qat`iy rioya qilishimiz, kasallikka qarshi to`liq emlanishimiz zarur. Unutmang, vaksina – yagona chora",-deyiladi vazirlik xabarida.

Boshqa yangiliklar