Ijtimoiy tarmoqda "YPX xodimi haydovchiga qo`pol muomalada bo`ldi" izohli video tarqaldi. YHXBB holat yuzasidan ma`lumot berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 27 noyabr kuni soat 20:30 larda, Andijon viloyati, Andijon shahar, Amir Temur shoh ko`chasida bo`lib o`tgan maxsus reyd tadbiri davomida YHXB xodimi B.Badinov "Damas" rusumli avtomobil haydovchisini to`xtatgan.
O`zaro muloqot vaqtida haydovchi xodimning faoliyatiga e`tirozlar bildirganligi, xodim haydovchiga nisbatan muomala madaniyatidan chetga chiqqan holda munosabatda bo`lganligi videoda aks etgani aytiladi
"Hozirda mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati IIB YHXB tomonidan xizmat tekshiruvi o`tkazilmoqda. Tekshiruv yakuni yuzasidan qo`shimcha ma`lumot beriladi",-deya ma`lum qilinadi YHXBB xabarida.