AsosiyDunyo

Isroil ham chegaralarini yopmoqda. Bunga "Omikron" sabab

'Isroil ham chegaralarini yopmoqda. Bunga "Omikron" sabab'ning rasmi

Isroil koronavirusning yangi shtammi — "Omikron" tarqalishi sabab mamlakat chegaralarini barcha xorijliklar uchun 14 kunga yopadi.
Bu haqda  korrespondent'ga tayanib Zamon.uz xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, qaror 29 noyabrdan kuchga kiradi va unga 14 kun davomida amal qilinadi. 

Barcha xorijiy fuqarolarning Isroilga kirishi taqiqlangan, maxsus komissiya tasdiqlagan hollar bundan mustasno.

 "General Sesurity" yangi "Omikron" shtammi bilan kasallanganlarni kuzatish, ularning joylashuvini aniqlash va infeksiyalar zanjirini to`xtatish uchun mobil telefonlar monitoringini faollashtiradi. Emlangan isroilliklar mamlakatga kelganlarida PSR testidan o`tishlari kerak. Shundan so`ng esa karantinga olinadi.

Avvalroq koronavirusning yangi  shtammi tufayli Nyu-Yorkda favqulodda holat rejimi joriy etilgani haqida ma`lum qilgandik.

    Boshqa yangiliklar