AsosiyDunyo

Olimlar "Omikron" shtammning ilk tasvirini namoyish etishdi

'Olimlar "Omikron" shtammning ilk tasvirini namoyish etishdi'ning rasmi

Olimlar dunyoni tashvishga solayotgan "Omikron" shtammning ilk tasvirini namoyish qilishdi. Yangi shtammda aniqlangan 43 ta mutasiya bu virusni inson organizmiga moslashib bo`lganini bildirishi aytilmoqda.

Bu haqda "RIA Novosti"ga tayanib Zamon.uz xabar berdi.

Qayd etilishcha, laboratoriya tekshiruvlari davomida "Delta" shtammning asl nusxasini "Omikron" shtamm bilan yonma yon qo`yib solishtirilganda yangi shtammda ko`plab mutasiyalarni ko`rish mumkin. Ular qizil rangda belgilangan. Shuningdek tasvirda "Delta" shtammi 18 ta mutasiyani, yangi "Omikron" shtammi esa 43 ta mutasiyani o`z ichiga oladi.

Fotosuratlarni Rim va Vatikandagi "Bambino Gesù" kasalxonasi taqdim etdi.

Mutaxassislarning ta`kidlashicha, mutasiyalar, asosan, inson hujayralari bilan o`zaro ta`sir qiluvchi oqsil sohasida to`plangan, bu virusning inson turiga moslashishini anglatadi. Keyingi tadqiqotlar infeksiyaning yangi shtammi qay darajada xavfli bo`lishini anglatishi ta`kidlangan.

Avvalroq, JSST COVID-19ning yangi shtammini "Omikron" deb nomlagani haqida ma`lumot bergan edik.

    Boshqa yangiliklar