AsosiySport

OTM talabalari Samarqandda “Turizm va sport vaziri kubogi” uchun musobaqalashdi

'OTM talabalari Samarqandda “Turizm va sport vaziri kubogi” uchun musobaqalashdi'ning rasmi

Respublikamizda faoliyat ko`rsatayotgan Oliy ta`lim muassasalari talabalari o`rtasida “Turizm va sport vaziri kubogi” musobaqasi o`tkazildi. 

Bu galgi musobaqaning final bosqichiga ko`hna Samarqand shahri mezbonlik qildi. “Ipak yo`li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida bo`lib o`tgan “Turizm va sport vaziri kubogi” musobaqasi badminton, futbol, shaxmat, armrestling, kvest sport turlari bo`yicha tashkil etildi.

Musobaqaga 27-noyabr kuni start berildi va unda mingga yaqin talabalar g`oliblik uchun kurash olib borishdi. Musobaqa yakunida Turizm va sport vazirligi mutasaddilari ishtirokida taqdirlash marosimi tashkil etildi.

    Boshqa yangiliklar