Sevimli

Farg`ona va Namangan viloyatlarida er maydonlarini sotmoqchi bo`lgan firibgarlar ushlandi

Jinoyat 29.11.2021, 16:58
Farg`ona va Namangan viloyatlarida er maydonlarini sotmoqchi bo`lgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Farg`ona tumani bo`limlari tomonidan IIB xodimlari bilan o`tkazilgan tezkor tadbirda, “O.” xususiy korxonasi rahbari F.Q. korxonaga ishlab chiqarish sexi tashkil etish uchun ajratilgan 0,9 gektar er maydonini sotish vakolatiga ega bo`lmasada, fuqaro I.ga ushbu er maydonining 0,5 gektarini 100 000  AQSh dollariga sotishga kelishib, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga oldindan 12 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xuddi shunday, Departamentning Namangan shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, “A.” fermer xo`jaligi rahbari M.A. fuqaro D.ga xo`jalikning 5 gektar er maydoniga 96 mln so`m evaziga bog` tashkil etish uchun tanishlari yordamida hujjatlarni rasmiylashtirib berishni va`da qilib, 50 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Шарҳлар