sevimli
Sevimli

Samarqandda "Malibu"ga yashirilgan ko`p miqdorli pirotexnika vositalari aniqlandi

Jamiyat 29.11.2021, 20:27
Samarqandda "Malibu"ga yashirilgan ko`p miqdorli pirotexnika vositalari aniqlandi

 29 noyabr kuni soat 16:30 larda Samarqand viloyati, Pastdarg`om tumanida katta miqdordagi pirotexnika vositalari yashiringan avtomobil aniqlangan. Bu haqda YHXB ma`lum qildi.

Tuman hududidan o`tuvchi 4R-46 avtomobil yo`lining 7-kilometrida YPX xodimlari Sh.Kazakov va O.Ergashevlar tomonidan "Malibu" rusumli avtomobil to`xtatilib tekshirilganda, yukxonasida 3000 quti pirotexnika vositalari olib ketilayotganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, haydovchi va aniqlangan vositalar tuman IIBga topshirilgan.

Шарҳлар