sevimli
Sevimli

Adliya vaziri BMTning Maxsus ma`ruzachisi bilan uchrashdi

Siyosat 29.11.2021, 20:37
Adliya vaziri BMTning Maxsus ma`ruzachisi bilan uchrashdi

29 noyabr kuni BMTning Terrorizmga qarshi kurash sharoitida inson huquq va erkinliklarini rag`batlantirish va himoya qilish masalasi bo`yicha maxsus ma`ruzachisi F. Ni Aolayni Adliya vazirligida bo`ldi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Adliya vaziri F. Ni Aolaynini O`zbekiston Respublikasida xalqaro terrorizm va ekstremizm tahdidlari qarshi kurash sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirib o`tdi.

 Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashda O`zbekiston hukumati asosiy e`tiborni ushbu illatning tarqalishiga yordam beruvchi shart-sharoitlar va sabablarni aniqlash va bartaraf etishga qaratayotgani alohida qayd etdi. 

Shuningdek, R.Davletov O`zbekistonda terrorizmga qarshi ko`rilayotgan choralar milliy qonunchilik va mamlakatning xalqaro huquqiy majburiyatlariga to`liq mos kelishini ta`kidladi. 

O`zbekiston inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi xalqaro majburiyatlarini bajarish, jumladan, qiynoqlarning oldini olish, vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar faoliyatini erkinlashtirish, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini faoliyatini rivojlantirish, gender tengligini ta`minlash sohalaridagi so`nggi islohotlar to`g`risidagi ma`lumotlar xorijiy tomon e`tiboriga etkazildi.

O`z o`rnida, F. Ni Aolayn mamlakatimizda so`nggi besh yilda amalga oshirilgan islohotlarning ko`lami va samaradorligini yuqori baholadi. Jumladan, F. Ni Aolayn O`zbekiston hukumati tomonidan o`z fuqarolarini Yaqin Sharq va Afg`onistondagi qurolli mojarolar zonalaridan qaytarish bo`yicha amalga oshirilgan ishlar va qaytarilgan fuqarolar reabilitasiya va reintegrasiya qilish bo`yicha amalga oshirilgan ishlarni yuksak baholadi.

 F. Ni Aolaynning so`zlariga ko`ra, O`zbekiston ushbu sohada dunyoda etakchi davlatlardan biri hisoblanadi va bu yo`nalishdagi O`zbekiston tajribasi boshqa davlatlar uchun ham namuna bo`lib xizmat qilishi mumkin. 

Tadbir davomida ikki tomonlama o`zaro hamkorlik aloqalarini kelgusida davom ettirishga kelishib olindi. Uchrashuv samimiy va do`stona ruhda o`tdi.

Шарҳлар