Sevimli

Shveysariyada bo`lishi kutilayotgan qishki Universiada o`yinlari"omikron" sabab bekor qilindi

Dunyo 30.11.2021, 08:52
Shveysariyada bo`lishi kutilayotgan qishki Universiada o`yinlari"omikron" sabab bekor qilindi

Shveysariyaning Lusern shahrida bo`lib o`tishi kerak bo`lgan 2021 yilgi Qishki Universiada o`yinlari koronavirusning yangi shtammi paydo bo`lishi sababli bekor qilindi. Bu haqda "TASS" ma`lumot berdi.

"Universiada yaqinda aniqlangan omikron-koronavirus shtammi tufayli bekor qilindi, - deyiladi TASSga ma`lum qilingan ayrim manbalarda . 

"Qabul qilingan bu qaror Shveysariya hukumati tomonidan Afrika davlatlaridan kelgan sayohatchilar uchun majburiy 10 kunlik karantin joriy etilishi bilan bog`liq. Bu Luserndagi Universiada o`yinlari o`tkaza olinmasligini anglatadi”,-deyiladi manbada.

Keyinroq, keng tarqalib ulgurgan ushbu ma`lumotni Shveysariya Universitet sporti federasiyasi matbuot xizmati ham tasdiqlagan.

Eslatib o`tamiz, Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti (JSST) Afrikaning janubida topilgan koronavirus shtammini yunoncha omikron deya atadi. Bu shtamm juda ko`p mutasiyalarga ega, ularning ba`zilari JSSTni tashvishga solmoqda. Bir vaqtning o`zida shtammdagi bir nechta o`zgarishlar patogenni antikorlar bilan zararsizlantirishni qiyinlashtirishi mumkin, bu vaksinalarning samaradorligiga ta`sir qilishi mumkin. 

Шарҳлар