sevimli
Sevimli

O`zbekistonda madaniy meros ob`ektlarini restavrasiya qiluvchi birinchi laboratoriya tashkil etildi

Jamiyat 30.11.2021, 09:26
Теглар: labaratoriya, madaniy meros
O`zbekistonda madaniy meros ob`ektlarini restavrasiya qiluvchi birinchi laboratoriya tashkil etildi

O`zbekistonda madaniy meros ob`ektlarini restavrasiya qilish bo`yicha birinchi laboratoriya tashkil etildi. Turizm va sport vazirligi bu haqda xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, Koreya Respublikasi Madaniy meros fondi bevosita Turizm va sport vazirligi, Koreya hukumati hamda Koreya Madaniy meros boshqarmasi bilan birgalikda 2020 yildan boshlab O`zbekiston madaniy merosini asrash bo`yicha ODA (Offissial Development Assistance) loyihasini amalga oshirdi. Mazkur loyiha o`zbek xalqi uchun muhim bo`lgan qadimiy topilmalarni kelajak avlodga etkazish hamda ularni saqlash imkonini berishi aytiladi.  

"Loyihaning I-bosqichi doirasida 700 ming AQSh dollari miqdoridagi grant asosida O`zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyi qoshida arxeologik topilmalarni o`rganish va tiklash bo`yicha zamonaviy laboratoriya tashkil etildi, soha mutaxassislari uchun mahorat darslari o`tkazildi hamda 95 ta eksponat qayta tiklandi, Afrosiyob muzeyidagi devorga bitilgan rasmlar namoyish etilayotgan xona ta`mirlandi",-deya ta`kidlanadi xabarda.

Ma`lumot uchun, loyiha doirasida O`zbekistondan 6 nafar mutaxassis muzey boyliklarini restavrasiya qilish uslublariga o`qitildi. Ular tomonidan muzeyda namoyish etilgan bir qancha sopol va metall buyumlari rekonstruksiya qilindi.

Шарҳлар

Qoraqalpog`istonda tarixiy yodgorlik hududi qabristonga aylantirilmoqda. Rasmiylar nima deydi?

10.12.2021, 08:05

9 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda "Mizdakxon kompleksi" hududida joylashgan Halifa Rajab maqbarasi tarixiy yodgorligi hududida yangi qabrlar uchun erlar sotilayotganligi haqida xabar tarqaldi.Holat yuzasidan Madaniy...
Madaniy meros agentligi xodimlari ham "Yashil makon"da faol qatnashdi

04.12.2021, 20:00

Ta`kidlash lozim, Respublika bo`ylab e`lon qilingan, daraxt ekish, ko`kalamzorlashtirishga qaratilgan «dolzarb 40 kunlik» ya`ni  «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida yiliga 200 million tup daraxt va...