AsosiyJamiyat

O`zbekistonda koronavirusdan kasallanishlar soni keskin pasaydi — SSV

'O`zbekistonda koronavirusdan kasallanishlar soni keskin pasaydi — SSV'ning rasmi

Kecha yurtimizning 11 ta hududida 145 nafarga yaqin kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, 3 nafar bemor vafot etdi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi xabar berdi. 

2021 yil 29 noyabr holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 193208 (+143) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

11 nafari Andijon viloyatida,

8 nafari Buxoro viloyatida,

8 nafari Jizzax viloyatida,

5 nafari Qashqadaryo viloyatida,

1 nafari Navoiy viloyatida,

6 nafari Namangan viloyatida,

24 nafari Samarqand viloyatida,

1 nafari Sirdaryo viloyatida,

15 nafari Farg`ona viloyatida,

18 nafari Xorazm viloyatida,

46 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

️Kecha kun davomida:

Qoraqalpog`iston Respublikasida 2 nafar,

Andijon viloyatida 30 nafar,

Buxoro viloyatida 6 nafar,

Jizzax viloyatida 8 nafar,

Qashqadaryo viloyatida 2 nafar,

Navoiy viloyatida 2 nafar,

Namangan viloyatida 19 nafar,

Samarqand viloyatida 18 nafar,

Farg`ona viloyatida 12 nafar,

Xorazm viloyatida 23 nafar,

Toshkent viloyatida 3 nafar,

Toshkent shahrida 70 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 189859 (+195) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.

️Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1402 nafarni tashkil qildi.

"Shu kunlarda butun dunyoda koronavirus infeksiyasi qayta bosh ko`tardi. Ayniqsa, Evropa mamlakatlarida vaziyat anchagina tahlikali. Yurtimizda esa so`nggi vaqtlarda epidemik vaziyat ijobiy tomonga o`zgarayotgan bo`lsada, bu holat hotirjamlikka berilish uchun sira asos bo`la olmaydi. Aksincha, dunyodagi murakkab pandemik holatdan to`g`ri xulosa chiqargan holda har birimiz karantin qoidalariga qat`iy rioya qilishimiz, kasallikka qarshi to`liq emlanishimiz zarur. Unutmang, vaksina – yagona chora!",– deyiladi vazirlik tarqatgan rasmiy xabarda. 

    Boshqa yangiliklar