sevimli
Sevimli

"Pereval"da baliq yomg`iri" bo`ldimi? YHXBB ma`lumot berdi

Jamiyat 30.11.2021, 10:34
"Pereval"da baliq yomg`iri" bo`ldimi? YHXBB ma`lumot berdi

Ijtimoiy tarmoqda "Perevalda baliq yomg`iri" sarlavhasi ostidagi video  tarqaldi. Holat bo`yicha Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi ma`lumot berdi. 

Aniqlanishicha, 2021 yil 26 noyabr kuni soat 16:30 larda, Namangan viloyati, Pop tumani hududidan o`tgan A-373 "Toshkent-O`sh" avtomobil yo`lining 227-kilometrida haydovchi, 1976 yilda tug`ilgan F.A. boshqaruvidagi "Zamyad" rusumli avtomobilning shinasi havo chiqarib yuborishi oqibatida, transportga ortilgan "bochka" ag`darilgan va "bochka" ichida bo`lgan baliq mahsulotlari avtomobil yo`liga sochilib ketgan.

️Hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo`q.

️Hozirda holat yuzasidan Namangan viloyati IIB YHXB xodimlari tomonidan qo`shimcha surishtiruv olib borilmoqda.

Шарҳлар