sevimli
Sevimli

Farg`ona shahar Davlat xizmatlari markazi xodimi va kadastr muhandisi pora bilan qo`lga tushdi

Jinoyat 30.11.2021, 14:04
Farg`ona shahar Davlat xizmatlari markazi xodimi va kadastr muhandisi pora bilan qo`lga tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Farg`ona viloyati boshqarmalari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda Farg`ona shahar Davlat xizmatlari markazi mutaxassisi va Davlat kadastrlari palatasining Farg`ona tumani filiali muhandisining kirdikorlari fosh bo`ldi.

“V.S.” MChJ tomonidan qurilayotgan 5 qavatli 117-uyning yuqori qavatlarini qurilishi tugallanmagan bo`lsada, Farg`ona shahar davlat xizmatlari markazining hujjatlarni qabul qilish va taqdim etish bo`yicha etakchi mutaxassisi S.R. MChJ ish yurituvchisi T.dan ushbu qurilishi tugallanmagan uyning 6 ta xonadoniga Davlat kadastrlari palatasining Farg`ona tumani filiali muhandisi Q.A. yordamida 6 000 AQSh dollari evaziga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishni va`da qilib, shundan 1 600 AQSh dollarini qo`lga kiritib, yana 1 400 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy  dalillar  bilan  ushlangan.

Shuningdek, tergovga qadar tekshiruvda, Davlat kadastrlari palatasining Farg`ona tumani filiali muhandisi Q.A. va boshqalar yuqoridagi 117-uyning 6 ta xonadoniga qurilishi bitgan ob`ekt sifatida soxta dalolatnomalar tuzishib, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 28, 211-moddasi (pora berish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat  ishi  qo`zg`atilib,  tergov harakatlari o`teazilmoqda.

Шарҳлар