sevimli
Sevimli

Parlamentlar ayol rahbarlarining navbatdagi sammiti 2022 yilda O`zbekistonda bo`lib o`tadi

Siyosat 30.11.2021, 14:43
Parlamentlar ayol rahbarlarining navbatdagi sammiti 2022 yilda O`zbekistonda bo`lib o`tadi

2021 yil 26-30-noyabr kunlari Oliy Majlis Senati Raisi T.Narbaeva boshchiligidagi O`zbekiston Respublikasi delegasiyasi Madrid shahrida (Ispaniya) bo`lib o`tayotgan Parlamentlararo ittifoqning 143-Assambleyasi ishida ishtirok etmoqda. Bu haqda Senat Axborot xizmati xabar qildi. 

“Demokratiya uchun zamonaviy tahdidlar: tafovutlarni engib o`tish va hamjamiyatlarni barpo etish” mavzusidagi Assambleyada Parlament Assambleyasiga a`zo 123 ta parlament, 20 ta kuzatuvchi davlat va 8 ta xalqaro tashkilotdan 1,5 mingga yaqin delegat ishtirok etmoqda.

Tadbirni Ispaniya qiroli Felipe IV ochib berdi va parlamentlarni demokratiyaning muhim markaziy instituti deb hisoblashini ta`kidladi.

BMT Bosh Assambleyasi Raisi A.Shahid va Bosh kotibi A.Guterrish ham parlament diplomatiyasining ustuvor roli, shuningdek, BMT bitimlarini amalga oshirishda vakillik organlari faoliyati muhimligini ta`kidladi. Ular BMT va Parlamentlararo ittifoq o`rtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlashga sodiq ekanligini tasdiqladi.

Yalpi majlisda Oliy Majlis Senati Raisi T.Narbaeva nutq so`zladi.

Ta`kidlanganidek, bugungi kunda Prezident Sh.Mirziyoev rahbarligida mamlakatimizda xalq farovonligini oshirish, aholining huquqlari va himoyasini ta`minlashga qaratilgan keng ko`lamli islohotlar hamda demokratik o`zgarishlar amalga oshirilmoqda.

Bu jarayonda gender tenglikka erishish, xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta`minlash, jamiyat va davlat hayotidagi rolini kuchaytirishga ham alohida e`tibor qaratilmoqda.

Millatlararo va konfessiyalararo totuvlik va bag`rikenglikni mustahkamlash borasida maqsadli ishlar amalga oshirilmoqda. Yoshlarni mamlakat ijtimoiy hayotiga keng jalb etish borasida sezilarli yutuqlarga erishildi.

Parlament yuqori palatasi rahbari T.Narbaeva o`z nutqida Parlamentlararo ittifoqiga a`zo mamlakatlar delegasiyalarini 2022 yilda O`zbekistonda bo`lib o`tadigan Parlamentlar ayol rahbarlarining navbatdagi sammitiga taklif qildi.

 

Шарҳлар