AsosiyJamiyat

O`zbekistonda "omikron" aniqlandimi?

'O`zbekistonda "omikron" aniqlandimi?'ning rasmi

Mazkur savolga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan javob taqdim etildi.

"Bugungi kunga qadar respublikamizda SARS-CoV-2: B.1.1.529. (Omikron) virusi aniqlanmadi.

Albatta respublika hududida SARS-CoV-2: B.1.1.529. (Omikron) virusi aniqlangan zahoti bu haqda keng jamoatchilikni xabardor qilish va kasallikni yuqtirib olish ehtimoli bo`lgan aholi orasida chuqurlashtirilgan epidemiologik surishturuv ishlarini amalga oshirish, birlamchi ambulatoriya-poliklinika tizimini jalb qilgan holda  tibbiy ko`riklarni tashkil etish orqali kasallik manbaini tezda jilovlash choralarini ko`rish bu tibbiyot tizimining asosiy vazifalaridan bo`lib qoladi" deyiladi izohda.

    Boshqa yangiliklar