2021 yil 29 dekabrdan Rossiya Federasiyasiga mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida 90 kalendar kundan ortiq muddatga kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar giyohvandlik, psixotrop yoki ruhiyatga ta`sir etuvchi va boshqalar uchun xavfli bo`lgan yangi moddalarni shifokor reseptisiz iste`mol qilish holati hamda OIV infeksiyasi bor yoki yo`qligini tasdiqlovchi tibbiy hujjatni IIVga taqdim etishi talab qilinadi.
Ma`lum qilinishicha, agar hujjat chet tilida bo`lsa, rus tiliga tarjima qilinishi hamda notarial tasdiqlangan bo`lishi, qabul qilingandan so`ng vakolatli shaxs tomonidan tekshirilishi, so`ngra qabul qilingani to`g`risidagi guvohnoma berilishi kerak.
Eslatib o`tamiz, mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun 10 ming fuqaroni Rossiyaga jalb qilish bo`yicha pilot loyihasi doirasida ushbu tibbiy hujjat O`zbekistonda tayyorlanishi ko`zda tutilgan.