Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan "Artel" televizori kadrni teskari ko`rsatayotgani haqidagi videolavhaga Kompaniya matbuot xizmati munosabat bildirdi.
Televizor ishlab chiqarish zavodida har bitta mahsulot yoqib ko`rilib, sozlamalar to`g`ri ishlaydigan holatga keltiriladi. Shu bois, zavod har bir mahsulotga sifat kafolatini beradi.
Artel 32AH90G va 43AF90G modelidagi televizorlarning zavod menyusidan "Mirror" funksiyasi orqali tasvirni teskari qilish mumkin. Buni faqat televizor ustalari amalga oshira oladi. Ushbu funksiya dunyodagi taniqli brendlar – Samsung va LG televizorlarida ham mavjud. Bu funksiya ishlab chiqaruvchilar tomonidan faqat televizorni ta`mirlashda foydalanish uchun kiritiladi.