Ijtimoiy tarmoqlarda O`zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning "Muhabbat" qo`shig`ini mahorat bilan jonli ijro qilgan maktab o`quvchilari minglab internet foydalanuvchilarini e`tiborini tortgan edi. Yulduz Usmonova uchun ham iqtidorli qizlar kim ekani qiziq bo`ldi.
Bugun Yulduz Usmonova "Muhabbat" taronasini mahorat bilan ijro qilgan namanganlik o`quvchi qizlar bilan uchrashdi.
Uchrashuv Poytaxtimizning Forumlar saroyida O`zbekiston Milliy paralimpiya qo`mitasi tomonidan 3 dekabr - Xalqaro nogironlar kuniga bag`ishlab o`tkazilgan “Biz turlimiz. Biz tengmiz” tadbiri doirasida bo`lib o`tgan.
Yulduz Usmonova va o`quvchi qizlar bilan birgalikda qo`shiq ijro etishdi.
Eslatib o`tamiz, minglab muxlislar e`tirofiga sazovor bo`lgan mazkur tarona Kosonsoy tumanidagi 22-umumta`lim maktabining 8-sinf o`quvchisi Madina Usubjonova hamda shu tumanning 45-sonli maxsus maktab-internat o`quvchisi Nurzida Isaevalar tomonidan ijro qilingan.