sevimli
Sevimli

Maktab o`quvchilarining repetitorsiz talaba bo`la olishlari sizning qo`lingizda - XTV vaziri

Jamiyat 30.11.2021, 22:26
Теглар: Xalq ta`limi vazirligi
Maktab o`quvchilarining repetitorsiz talaba bo`la olishlari sizning qo`lingizda - XTV vaziri

Xalq ta`limi vaziri Baxtiyor Saidov Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti talabalari bilan uchrashdi. Uchrashuvda universitet rektori Abdug`affor Qirg`izboev, ta`lim dargohi o`qituvchilari va bo`lg`usi pedagog talabalar ishtirok etdi.

Ochiq muloqot tarzida o`tgan uchrashuv davomida vazir bo`lg`usi pedagoglarning ta`lim tizimini rivojlantirish bilan bog`liq takliflarini tinglab, fikr almashdi. 

“Mening farzandlarimni kim tarbiyalayapti, ularga kim bilim beryapti degan savol Prezidentimizni qiynayapti. Shu sababdan bugun men oldinglarga qalbida o`ti bor kadrlarni izlab, fikrlaringni eshitish uchun keldim. Faoliyatimizni muvaffaqiyatli tashkil qilishda sizlarning malakali va salohiyatli hamda xaridorgir kadr bo`lib etishishinglar juda muhim. Pedagogika universiteti kadrlari savodsiz bo`lsa bu jamiyatga, kelajakka xiyonat bo`ladi. O`tmishda qilingan ishlardan xulosa qilib, kelajakka qarash kerak. Kelajakni qurishning asosiy poydevori bu sizlar, ya`ni pedagoglar”, — dedi vazir.

Talabalardan biri nima sababdan bugun maktab o`quvchilari repetitorsiz Oliy ta`lim muassasaga kira olmayapti degan savoliga, vazir shunday javob berdi:

“Aynan shu sababdan bugun men shu erdaman, shuni sizlardan so`ragani keldim. Farzandlarimizning ertaga maktab ta`limining o`zi bilan kifoyalanib, talaba bo`lishlari siz bo`lg`usi pedagoglarning qo`lida. O`zgarishlarni bugun o`zimizdan boshlashimiz kerak. Aybdor izlashdan foyda yo`q. Siz ertaga maktablarimizda mana shunday o`qituvchi bo`lish bugundan harakat qilishingiz lozim. Maktablarimizga shijoatli, mahoratli va yuqori salohiyatli kadrlar kerak.” 

Do`stona ruhda o`tgan uchrashuv qiziqarli bahs-munozaralarga boy bo`ldi.

Шарҳлар

Toshkentdagi maktabning o‘zbek tili fani o‘qituvchisi "MDHning eng yaxshi yosh olimi-2021" deb topildi

12.05.2021, 18:52

Toshkent shahar Shayxontohur tumani 19-sonli umumta`lim maktabining o`zbek tili fani o`qituvchisi Fayzullo Yaxyoev Qozog`icton Respublikasining Nursulton shahrida MDH davlatlari o`rtasida o`tkazilgan "Yilning eng yaxshi yosh...
"Yil oxiriga qadar O`zbekistonda optik tola kirib bormagan maktab qolmaydi" — Xalq ta`limi vazirligi

29.04.2021, 15:18

Bu haqda AOKAda o`tkazilayotgan matbuot anjumanida Xalq ta`limi vaziri o`rinbosari Rustam Karimjonov ma`lum qildi.Unga ko`ra, 2020 yilda optik tolali aloqa liniyalarini tortish ishlari 7155 ta...
XTV maktab bitiruvchilarini ogohlantirdi. Ular bu yil pasport oladi

04.03.2021, 17:43

O`tgan o`quv yilida barchaga abiturientlarning hujjatlari Davlat test markazining abitur.dtm.uz sayti orqali onlayn qabul qilindi. Onlayn hujjat topshirish uchun bitiruvchilarning pasport ma`lumotlari  (jismoniy shaxsning shaxsiy...
Samarqandda dars vaqtida maktab sinf xonasida oyog`ini parta ustiga qo`yib axloqsizlik qilgan o`quvchi va ularning ota-onalariga chora ko`rildi (video)

06.02.2021, 17:57

Xalq ta`limi vazirligi tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo`lgan dars vaqtida axloqsizlik qilayotgan o`quvchilarning shaxsi aniqlandi.Mazkur axloqsizliklar Samarqand viloyatidagi 77-maktabning 9-sinf o`quvchilari tomonidan sodir...