Sevimli

O`zbekiston delegasiyasi Qobul shahrida Afg`oniston Muvaqqat hukumati bilan muzokara o`tkazdi

Jamiyat 30.11.2021, 22:49
Теглар: O`zbekiston, Afg`oniston
O`zbekiston delegasiyasi Qobul shahrida Afg`oniston Muvaqqat hukumati bilan muzokara o`tkazdi

2021 yilning 30 noyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg`oniston bo`yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev boshchiligidagi mamlakatimiz delegasiyasi Kobul shahriga tashrif buyurib, Afg`oniston Muvaqqat hukumati vakillari bilan uchrashuvlar o`tkazdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi

Xususan, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati, Tashqi va Ichki ishlar, Jamoatchilik, Energetika va Iqtisodiyot vazirliklarida muzokaralar olib borildi. Mamlakatdagi mavjud vaziyat, Afg`oniston xalqiga insonparvarlik va boshqa yordam ko`rsatish borasidagi sa`y-harakatlar, energetika va transport sohalarida yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Afg`oniston Muvaqqat hukumat vakillari O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevga ushbu sinovli damlarda afg`on xalqini faol qo`llab-quvvatlayotgani, mamlakatda tinchlik va osoyishtalik o`rnatilishiga ko`rsatayotgan yordami, yangi hukumat tomonidan afg`on zaminida tinchlik va barqarorlikni ta`minlashga qaratilgan qaratilgan sa`y-harakatlari uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

O`zbekiston tomonidan elektr energiyasini uzluksiz etkazish, O`zbekiston-Afg`oniston davlat chegarasi ish tartibini davom ettirish, Mozori Sharif xalqaro aeroporti faoliyatini tiklashga ko`maklashish, insonparvarlik yordamini o`z vaqtida ko`rsatish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga yuqori baho berildi.  

Afg`oniston tomoni O`zbekiston tashabbusi bilan boshlangan Surxon – Puli-Xumri elektr uzatish liniyasi va Mozori Sharif-Kobul-Peshovar temir yo`li qurilishi kabi infratuzilma loyihalarini amalga oshirishni imkon qadar tezroq boshlashga tayyorligini tasdiqladi. Bu loyihalar mamlakatni mintaqaviy jarayonlarga bosqichma-bosqich jalb etishning asosiy omiliga aylangan integrasiya va o`zaro bog`liqlikka xizmat qiladi.

Afg`oniston vakillari O`zbekiston tomonini O`zbekiston va mintaqaning boshqa davlatlariga, umuman, butun dunyoga zarracha tahdid ham hech qachon ushbu davlat hududidan kelmasligiga ishontirdi.

Afg`onistonning yangi hukumati O`zbekiston bilan birgalikda ikki mamlakat xalqlarining buyuk ajdodlari – Alisher Navoiy (Hirot), Zahiriddin Bobur (Kobul), Abu Rayhon Beruniy (G`azna) va Boborahim Mashrab (Tahor) qo`nim topgan maskanlarda obodonlashtirish ishlarini olib borishga tayyorligini bildirdi. Mamlakat maktablari va oliy o`quv yurtlarida o`zbek tilini o`rganishga ham alohida e`tibor qaratiladi.

Afg`oniston tomoni mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta`minlash yo`lida ikki mamlakat xalqlari manfaatlari yo`lida O`zbekiston bilan birodarlik va yaxshi qo`shnichilik munosabatlarini qo`llab-quvvatlash yo`nalishini bundan keyin ham davom ettirishga qat`iy ekanini tasdiqladi.

Шарҳлар

Afg`onistonda kuchli zilzila sodir bo`ldi. Qurbonlar bor

18.01.2022, 19:38

17 yanvar kuni Afg`oniston g`arbidagi Badgis viloyatida kuchli zilzila sodir bo`ldi. Bu haqda Baxtar agentli xabar bermoqda. Qayd etilishicha, sodir bo`lgan zilzila oqibatida 22 kishi halok...
2005 yildan buyon Afg`onistonda 28 mingdan ortiq bola halok bo`lgan — BMT

05.01.2022, 20:41

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg`armasi (UNICEF) bolalar o`limi bo`yicha tadqiqot o`tkazdi. Bu haqda "Ariana News" telekanali xabar berdi.  Unga ko`ra, 2005 yildan buyon  Afg`onistonda ro`y...
Islom mamlakatlari Afg`onistonga moddiy yordam ajratmoqchi

20.12.2021, 22:56

Pokiston poytaxti Islomobodda Islom hamkorligi tashkilotiga a`zo 57 mamlakat delegatlari o`rtasida uchrashuv o`tkazildi. Bu haqda DW xabar berdi. Qayd etilishicha, Pokistonda bo`lib o`tgan musulmon mamlakatlari anjumanida...
Afg`onistondagi ocharchilik inqirozi qachon yuzaga kelgan?

28.11.2021, 17:13

“Tolibon” harakati mamlakatdagi oziq-ovqat inqirozi qachondan yuzaga kelganini ma`lum qildi. Bu haqda TASS xabar bermoqda. Hukumat raisi mulla Muhammad Hasan Oxund ma`lum qilishicha, ocharchilik avvalgi rejim vaqtida...