sevimli
Sevimli

Engil, ammo g`ayrioddiy: "Оmikron" shtammida qanday alomatlar kuzatiladi?

Dunyo 01.12.2021, 08:37
Engil, ammo g`ayrioddiy: "Оmikron" shtammida qanday alomatlar kuzatiladi?

Ba`zi mamlakatlar omikron shtammi tarqalishidan qo`rqib, karantin choralarini yana kuchaytirayotgan bir paytda, Janubiy Afrika Tibbiyot Assosiasiyasi prezidenti Anjelik Kutzi ushbu shtammni yuqtirganlarda kuzatilgan alomatlarni "engil, ammo g`ayrioddiy" deb atadi.

Kutzi hukumatni yangi shtammning tarqalishi haqida ogohlantirgan birinchi mutaxassislardan biri edi.

U kuzatuvlariga tayanib dediki, o`zi ko`zdan kechirgan 30 nafar virusga chalingan bemorning hech biri kasalxonaga yotqizilishi shart emas. 

Ma`lumotga ko`ra, Kutziga murojaat qilganlarning ko`pchiligi 40 yoshgacha bo`lgan erkaklarni tashkil etadi. Ularning yarmidan ozrog`i emlangan. Ta`kidlanishicha, bemorlar orasida kuzatilgn asosiy umumiy simptom - kuchli charchoq.

Ular, shuningdek, tanadagi og`riqlar va quruq yo`taldan shikoyat qilishgan. Faqat bir nechtasida engil isitma bor bo`lgan va deyarli hech kimda hid va ta`m bilish sezgisi yo`qolmagan. Ma`lumotga ko`ra, "omikron" bemorlari kislorodga muhtoj emas.

Шарҳлар