sevimli
Sevimli

Navoiy va Surxondaryoda fuqarolarni o`qishga kiritish va o`qishini ko`chirib bermoqchi bo`lgan talabalar ushlandi

Jinoyat 01.12.2021, 14:49
Navoiy  va Surxondaryoda fuqarolarni o`qishga kiritish va o`qishini  ko`chirib bermoqchi bo`lgan talabalar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, Navoiy davlat pedagogika instituti talabasi U.Yo. fuqaro M.ning ishonchiga kirib, uning singlisini 3 700 AQSh dollari evaziga institutning boshlang`ich ta`lim yo`nalishiga o`qishga kiritib qo`yishga kelishib, 2 000 AQSh dollari va 17 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Oltinsoy tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filiali talabalari N.K. va B.T.lar fuqaro S.ning Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filialida ta`lim olayotgan qizining o`qishini tanishlari yordamida Toshkent tibbiyot akademiyasiga ko`chirib berishiga ishontirib, 4 900 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganliklari aniqlanib, tekshiruv davomida N.K. va B.T.lar tomonidan qaytarilgan 4 900 AQSh dollari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Шарҳлар