AsosiyJamiyat

Qarshida yotoqxonaning 5-qavatidan o`zini tashlagan qiz bo`yicha rasmiy ma`lumot berildi (video)

'Qarshida yotoqxonaning 5-qavatidan o`zini tashlagan qiz bo`yicha rasmiy ma`lumot berildi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi shahrida joylashgan tibbiyot kolleji qoshidagi 5 qavatli qizlar yotoqxonasidan  bir qiz o`zini derazadan tashlaganligi haqida xabar tarqalmoqda.

Holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot xizmati rasmiy ma`lumot berdi.

Aniqlanishicha, 30 noyabr kuni soat 19.00larda Qarshi shahrida joylashgan “Abu Ali ibn Sino” nomidagi jamoat salomatligi texnikumining yotoqxonasida yashagan 2-bosqichda o`qigan talaba qiz (2001 y.t.) yotoqxona 4-qavatidan sakrab o`z joniga qasd qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Marhumaning o`lim sabablari va ishga aloqador bo`lgan boshqa holatlarga aniqlik kiritish maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan hamda ishga aloqador bo`lgan shaxslardan tushuntirish xatlari olinmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar