Sevimli

"Facebook" Shavkat Mirziyoevga minnatdorlik bildirdi

Jamiyat 01.12.2021, 23:40
Теглар: Facebook, Shavkat Mirziyoev
"Facebook" Shavkat Mirziyoevga minnatdorlik bildirdi

O`zbekistonning AQShdagi elchisi J.Vaxabov «Facebook» kompaniyasi bo`limi direktori Endi O'Konnell bilan uchrashib, hamkorlik aloqalarini o`rnatish istiqbollarini muhokama qildi.

Internetda, xususan, «Facebook», «Instagram» va «WhatsApp» platformalari orqali ekstremizm va radikallashuvning oldini olish bo`yicha hamkorlikka alohida e`tibor qaratildi.

O'Konnell O`zbekistonda davlat idoralari ochiqligi va so`z erkinligini ta`minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni yuqori baholadi.   

Uning so`zlariga ko`ra, Amerika kompaniyasi Sh.Mirziyoevdan mamlakatdagi «Facebook» platformasi va boshqa platformalarning uzluksiz ishlashini ta`minlashga qo`shgan shaxsiy hissasi uchun minnatdor.

Bundan tashqari, «Facebook» AT-mutaxassislarini tayyorlashda yordam berishga tayyorligini bildirdi. O`zbekistondagi har bir qiziquvchi talaba maxsus yaratilgan veb-sahifa orqali amaliyot o`tash uchun ariza topshirishi mumkin.

Шарҳлар

Shavkat Mirziyoev charm-poyabzal sanoatidagi ustuvor vazifalar yuzasidan yig`ilish o`tkazdi

24.01.2022, 21:25

Prezident Shavkat Mirziyoev 24 yanvar kuni charm-poyabzal sanoatidagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan yig`ilish o`tkazdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda. Bu soha xalq iste`moli tovarlari...
Men ham avtobusda yurishni xohlayman — Shavkat Mirziyoev

22.01.2022, 22:45

Shavkat Mirziyoev 19 yanvar kuni Toshkent shahrida jamoat transportini rivojlantirish chora-tadbirlari bo`yicha taqdimot bilan tanishgani xakida xabar bergan edik.Taqdimotdan ko`ngli to`lmaganini aytib, ma`sul mutasaddilarni tanqid...
Shavkat Mirziyoev Toshkent shahridagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi (foto)

21.01.2022, 21:42

Prezident Shavkat Mirziyoev 21 yanvar kuni Toshkent shahridagi bunyodkorlik ishlarini ko`zdan kechirdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda. Ulardan biri Yunusobod tumani, Shahrisabz va Amir...
Shavkat Mirziyoev xususiylashtirish borasidagi ishlarni tanqid qildi

20.01.2022, 21:01

Prezident Shavkat Mirziyoev 8 noyabr kuni davlat mulkini xususiylashtirish bo`yicha joriy yilda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan videoselektor yig`ilishi o`tkazildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar...