Italiya A Seriyaning 15-turida “Roma” klubi safarda “Bolonya” mehmoni bo`ldi. Yagona gol o`yin taqdirini hal qildi.
35-daqiqada Mattias Svanberg “Roma” darvozasini ishg`ol qildi hamda chempionat autsayderiga g`alaba taqdim qildi. Hamyurtimiz Eldor Shomurodov esa 52-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.
“Bolonya” — “Roma” - 1:0
Gol: Svanberg (35).
"Roma" – Patrisiu, Karsdorp, Smolling, Manchini (Vinya, 73), Rojer, Mxitaryan, Veretu (Kristante, 64), Diavara (Karles Peres, 46), Dzanolo, Abraham, El-Shaaravi (Shomurodov, 52).