sevimli
Sevimli

Barcha tumanlarda yana blok-postlar o`rnatiladimi? Aniqlik kiritildi

Jamiyat 02.12.2021, 12:34
Barcha tumanlarda yana blok-postlar o`rnatiladimi? Aniqlik kiritildi

Ijtimoiy tarmoqlarda O`zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi konsepsiyasiga ko`ra tumanlarda blok-postlar o`rnatilishi haqida yolg`on xabarlar tarqalmoqda. 

Ijtimoiy tarmoqlarda O`zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi konsepsiyasiga ko`ra tumanlarda blok-postlar o`rnatilishi haqida yolg`on ma`lumotlar tarqalmoqda.

IIV axborot xizmati ma`lum qilishicha, «O`zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora tadbirlari to`g`risida»gi Prezident Farmoni bilan Qoraqalpog`iston Respublikasi vazirlar kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2022 yil 1 martga qadar  tasdiqlangan me`yorlarga asosan mahalliy byudjet hisobidan kamida bittadan tumanlararo patrul-post bo`linmalari tashkil etilishi belgilangan.

Ijtimoiy tarmoq faollaridan axborotni buzib talqin etmasliklarini va rasmiy ma`lumot olish uchun ichki ishlar organlari axborot xizmatlariga murojaat etishlarini so`raymiz, deyiladi xabarda.

Шарҳлар