sevimli
Sevimli

O`zbekistonga antisiklon kirib kelmoqda: dam olish kunlari qaysi hududda ob-havo qanday bo`lishi ma`lum qilindi

Jamiyat 03.12.2021, 12:24
O`zbekistonga antisiklon kirib kelmoqda: dam olish kunlari qaysi hududda ob-havo qanday bo`lishi ma`lum qilindi

Issiq kunlardan so`ng bugun shimoli-g`arbiy hududlarga Kavkaz hududlaridan antisiklon kirib keladi, qolgan hududlar hali ham issiq sektorda bo`ladi. Bu haqda O`zbekiston Gidrometeorоlogiya xizmati xabar qildi. 

Xabarga ko`ra, respublika hududining katta qismida yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog`istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Havo harorati 15-20° iliqqacha isiydi.

Ertaga Buxoro, Navoiy viloyatlarida kuchsiz yomg`ir yog`ishi saqlanib turadi, qolgan hududlarda yog`ingarchiliksiz ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Harorat foni pasayadi va kechasi 5-10° iliqni, kunduz kuni 9-14° iliqni tashkil etadi.

Yakshanba kuni salqin havo massalari O`zbekistonning barcha  hududlariga tarqaladi. Respublika bo`yicha ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, tog`li hududlarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Qoraqalpog`istonda, Xorazm, Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati shu kunning me`yoriy qiymatlariga nisbatan yanada pasayadi va kechasi 2-7° iliqni, kunduz kuni 5-10° iliqni tashkil etadi, shimolda kechasi 3-8° sovuqgacha, kunduz kuni 0-5° sovuqgacha bo`ladi.

Shanba va yakshanba kunlari kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.

Шарҳлар