- Nogironligi bo`lgan shaxslar uchun OTMda davlat granti asosida qo`shimcha qabul kvotasi ajratiladi.
- Nogironligi bo`lgan shaxslarning avtotransport vositalari uchun ajratilgan to`xtab turish joylaridan foydalanganlik uchun haq olinmaydi.
- I va II guruh nogironligi bo`lgan shaxslarga DXM va (yoki) YaIDXP orqali xizmat ko`rsatishda 50 foiz miqdorida chegirma qo`llaniladi.
- Nogironligi bo`lgan shaxslar jamoat birlashmalari ramzlarini davlat ro`yxatidan (qayta ro`yxatdan) o`tkazish uchun davlat boji undirilmaydi.
- Nogironligi bo`lgan 18 yoshgacha bolalar, 18 yoshdan katta bolalikdan nogironligi bo`lgan shaxslarga nafaqa tayinlashda davlat xizmatlari bepul ko`rsatiladi.
- I va II guruh nogironligi bo`lgan shaxslarning bolalarini davlat maktabgacha ta`lim muassasalariga qabul qilishda imtiyozli ro`yxatga kiritilgan.
- Tegishli tibbiy xulosa asosida muhtoj shaxslarga protez-ortopediya moslamalari va reabilitasiya qilishning texnik vositalari beriladi.
- Qo`l bilan boshqarishga moslashtirilgan engil avtomobilni sotib oluvchi nogironligi bo`lgan shaxslar avtotransport yig`imini to`lashdan ozod qilingan.
- Nogironligi bo`lgan shaxslar sanatoriy-kurortda bepul sog`lomlashtirish huquqiga ega.
- Nogironligi bo`lgan shaxslar ayrim mahsulotlar bilan bepul ta`minlanadi.
- I va II guruh nogironligi bo`lgan shaxslarning mulkida bo`lgan mol-mulk 60 kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilinadi.
- Mehmonxonalarda nogironligi bo`lgan shaxslar uchun alohida sharoitga ega xona tashkil etiladi.
03.12.2021 17:57
Nogironligi bo`lgan shaxslarga berilgan 12 ta imtiyoz ro`yxati bilan tanishing
