Sevimli

Samarqandda soliqchining o`limida ayblangan ikki nafar IIB xodimiga sud hukmi o`qildi

Jinoyat 03.12.2021, 22:57
Теглар: Kattaqo`rg`on
Samarqandda soliqchining o`limida ayblangan ikki nafar IIB xodimiga sud hukmi o`qildi

Bugun, 3 dekabr kuni, jinoyat ishlari bo`yicha Kattaqo`rg`on tuman sudi binosida sudlanuvchilar M. Kuchkarov (1987 yilda Samarqand viloyatida tug`ilgan, Kattaqo`rg`on tumani IIB yo`l harakati xavfsizligi bo`linmasi boshlig`i lavozimida ishlagan) va Sh. Raximberdiev (1990 yilda Samarqand viloyatida tug`ilgan, Samarqand viloyati IIB YHXB YPXB 4-otryad katta inspektori lavozimida ishlagan) ga nisbatan jinoyat ishini ko`rib chiqish bo`yicha ochiq sud jarayoni nihoyasiga etdi va sud hukmi e`lon qilindi.

Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari bo`yicha Qo`shrabot tuman sudi raisi I. G`ulomov raisligida ko`rib chiqildi.

E`lon qilingan sud hukmiga ko`ra M. Kuchkarov va Sh. Raximberdiev Jinoyat kodeksining 102-moddasi (ehtiyotsizlik orqasida odam o`ldirish) 1-qismi va 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi.  

Sudlanuvchilar 2 yil ichki ishlar organlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, ularning har biriga 2 yil 10 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni manzil-koloniyalarda o`tash belgilandi.

Ushbu jinoyat ishi bo`yicha jabrlanuvchilarga etkazilgan moddiy va ma`naviy zararlar yuzasidan fuqarolik tartibida sudga murojaat qilish huquqiga ega ekanliklari tushuntirildi.

Mazkur hukm ustidan taraflar hukm e`lon qilingan kundan e`tiboran yigirma sutka ichida, sudlanuvchilar va jabrlanuvchilar hukm nusxasini olgan kundan e`tiboran shu muddat ichida Samarqand viloyat sudining jinoyat ishlari bo`yicha sudlov hay`atiga apellyasiya shikoyati berishi yoki prokuror protest berish huquqiga ega ekanliklari ma`lum qilinadi.

Шарҳлар

Samarqandda qotillik va bosqinchilik jinoyatini sodir etgan kattaqo`rg`onlik erkak qidirilmoqda

19.02.2021, 16:37

1983 yilda Kattaqo`rg`on tumanida tug`ilgan Ergashev Ikrom Eshnazarovich qidirilmoqda. Bu haqda Samarqand viloyati IIB xabar berdi.Xabarda aytilishicha, ushbu shaxs O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida ko`rsatilagan qotillik,...
Kattaqo`rg`onda "svet" o`chgani sabab sodir bo`lgan hodisaga aniqlik kiritilmoqda

30.11.2020, 20:16

Avvalroq, Samarqand viloyati Kattaqo`rg`on tumanida elektr tarmog`idagi uzilishlar sabab tadbirkorning issiqxonasidagi chet elga eksport qilinadigan sabzavotlar nobud bo`lgani, ko`rilgan zararning taxminiy miqdori 35 ming AQSh...